logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 05:36
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sindarov Nepomnyashiyni mag'lub etdi, Bibisarada ham g'alaba. Jamoa peshqadam! Bugun Javohir - Magnus to'qnashuvi bor!

 11 SENTYABR, 2026, 09:16

Hindistonning Bangalor shahrida shaxmat bo'yicha mukofot jamg'armasi 1 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Tech Mahindra Global Chess League (GCL) turniri bo'lib o'tmoqda.

Unda o'z tarkibiga yulduz shaxmatchilarni jamlagan oltita jamoa g'oliblik yo'lida bahs olib bormoqda. Hamyurtimiz Javohir Sindarov musobaqaning bu yilgi mavsumida Fyers American Gambits jamoasi sharafini himoya qilmoqda. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... 0.jpg class="fr-fil fr-dib">

Javohirning jamoasida qozog'istonlik Bibisara Assaubaeva, rossiyalik Danil Dubov, hindistonlik Nihal Sarin, franciyalik Mark-Andria Mauricci hamda ispaniyalik xalqaro master Sara Hadem ham bor. Sindarov jamoasining birinchi —  Icon taxtasida dona surmoqda.


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Tech Mahindra Global Chess League turnirining navbatdagi kuni Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi yana bir muhim g'alabani qo'lga kiritdi. Bu safar rossiyalik taniqli grossmeyster Yan Nepomnyashiy boshchiligidagi Ganges Grandmasters jamoasi yirik 13:5 hisobida taslim etildi. Birinchi doskada Sindarov Nepomnyashiyni, Bibisara Assaubaeva Polina SHuvalovani taslim etdi va jamoasiga muhim g'alabani olib berdi. Bibisara kecha o'z jamoasi safida tur o'yinchisi bo'ldi. 


comhttps://olamsport.com/uploa ... l.jpg class="fr-fil fr-dib">

Bugun 9-tur uchrashuvlari o'tkaziladi. Unda Javohir Sindarov sardorligidagi Fyers American Gambits jamoasi Magnus Karlsen boshchiligidagi Alpine Apl Pipers jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Birinchi doskada aynan Sindarov - Karlsen qarama-qarshiligiga guvoh bo'lamiz. Bu safar Javohir qora donalarda o'ynaydi. Har ikki jamoa ham bugungi tur oldidan 15 ochkodan jamg'argan, qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra Sindarov jamoasi peshqadamligini saqlab turibdi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ