logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dana Uayt Saladin Parnassning UFC`dagi muvaffaqiyatli debyutiga izoh berdi

 10 SENTYABR, 2026, 11:16

UFC prezidenti Dana Uayt franciyalik engil vaznli jangchi Saladin Parnassning tashkilotdagi muvaffaqiyatli debyutidan hayratda qoldi.

Parijda bo'lib o'tgan UFC Fight Night 287 turnirining asosiy jangida Parnass yangi zelandiyalik Den Hukerni birinchi raunddayoq texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.

"Bu shunchaki aql bovar qilmas holat edi. Uning debyuti ijtimoiy tarmoqlarda bizning tariximizdagi eng hayratlanarli uchinchi voqeaga aylandi – undan oldinda faqat Peddi Pimblett va kichik Raul Rosas turibdi", – dedi tashkilot rahbari Las-Vegasdagi matbuot anjumanida.

SHuningdek, liga rahbari KSW’ning sobiq ikki vazn toifasidagi chempioni Maks Xolloueyni jang qilishga chorlagani haqidagi savolga ham javob berdi.

"Tomoshabinlar ajoyib edi. Jang juda qiziqarli o'tdi, uning Maks Xolloueyni chaqirgani esa umuman aqldan ozishdek gap. Bu qiziq bo'lishi mumkin. Bu yigitning hozirning o'zidayoq Maks Xollouey bilan jang qilishni istayotgani kishini hayratga soladi. Menga bu yoqdi", – deya qo'shimcha qildi Uayt.

Yangi zelandiyalik raqibini mag'lub etgan Saladin Parnass UFC engil vaznlilarining media-reytingida kuchli o'nlikka kirib, to'qqizinchi o'rinni egalladi, biroq divizionning asosiy (meta) reytingida kuchli 15 talikka kira olmadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ