logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 07:49
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"CHelsi" 9 ta gol urilgan Liga kubogi o'yinida 0:2 hisobidan kambek qildi + VIDEO

 10 SENTYABR, 2026, 10:16

Angliya liga kubogining 2026/2027 yilgi mavsumi 1/16 finalidan o'rin olgan "CHelsi" va "Lids Yunayted" jamoalari o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

Uchrashuv Londondagi "Stemford Bridj" stadionida bo'lib o'tdi. Mezbonlar 6:3 hisobida g'alaba qozonishdi.

Birinchi golni 24-daqiqada "Lids Yunayted" himoyachisi Tarik Muxaremovich kiritdi. Brenden Aaronson 48-daqiqada mehmonlarning ustunligini ikki barobarga oshirdi. 53-daqiqada "CHelsi" yarim himoyachisi Koul Palmer penaltini aniq amalga oshirdi. Ikki daqiqadan so'ng Palmer dublni rasmiylashtirdi. 60-daqiqada Pedru Netu "Lids Yunayted" darvozasiga uchinchi golni urdi. Mezbonlar forvardi Denni Uelbek 65-daqiqada hisobni oshirdi. 

75-daqiqada hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin mezbonlar darvozasiga uchinchi golni kiritdi. Ikki daqiqa o'tib, londonliklar yarim himoyachisi Valentin Barko o'z nomini tabloga yozdirib qo'ydi. 90+4-daqiqada Denni Uelbek yakuniy hisobni o'rnatdi — 6:3.

Liga kubogining amaldagi g'olibi "Manchester Siti" hisoblanadi. Manchester klubi 2025/2026 yilgi mavsum finalida Londonning "Arsenal" klubini 2:0 hisobida mag'lub etgan edi.


Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ