Jasurbek Jaysunov nomzodi OOK Atletlar komissiyasi uchun ilgari surildi
9 SENTYABR, 2026, 14:32
Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) tashkilotning Atletlar komissiyasi tarkibiga saylanish uchun nomzodlarni elon qildi.Unda taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi azosi, Xanchjou-2022 Osiyo o'yinlari sovrindori Jasurbek Jaysunov Markaziy Osiyo mintaqasidan nomzodlar qatorida qayd etilgan.
Uning raqiblari qoyani zabt etish bo'yicha Parij-2024 Olimpiya o'yinlari ishtirokchisi, qozog'istonlik Amir Maymuratov hamda eronlik taekvondochi, Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Arian Salimi bo'ladi.
Ovoz berish jarayoni Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o'yinlari davomida, 20 sentyabrdan 2 oktyabrga qadar Yaponiyada bo'lib o'tadi. Ovoz berishda faqat Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan sportchilar qatnashishi mumkin.

Manba: olamsport.com
