Tayson Fyuri Entoni Joshua bilan jang bo'lmasligini malum qildi
7 SENTYABR, 2026, 14:32
Superog'ir vazn toifasida jahon chempioni, britaniyalik Tayson Fyuri hamyurti Entoni Joshua bilan jangni tashkil etish ishlari hali yakuniga etmaganini malum qildi."Bor gap shu. Men qo'rqoq bilan jang tashkil qila olmayman. Oxir-oqibat, o'zingni kim ekaningni ko'rsatding. Agar Joshua ozgina bo'lsa ham erkak bo'lganida, promouteridan ustun kelib, jang qilgan bo'lardi. Ammo, ko'rinib turibdiki, u bunday qilmadi. Barchangizga omad. Endi bu aniq — men Daniel Dyubua qattiq nokautga uchratgan “sosiska”ni kutib o'tirmayman. Men 10 yil kutdim. Doimo jangga tayyor bo'lganman.
Ammo bir narsani qilmayman — qolgan faoliyatimning so'nggi yillarini jang qilishni istamaydigan frik uchun bekorga sarflamayman. SHuning uchun oldinga harakat qilaman", — deydi Fyuri ijtimoiy tarmoqlarda.
Manba: olamsport.com
