logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Xamzat CHimaev UFC`dagi navbatdagi jangi bo'yicha vaziyatga oydinlik kiritdi

 7 SENTYABR, 2026, 12:00

Kuni kecha Moskvada bo'lib o'tgan RAF turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o'rta vazn toifasi vakili Xamzat CHimaev yil oxirigacha oktagonga qaytish ehtimolini baholadi.

"Borz"ning so'zlariga ko'ra, ikki potencial raqibi — Kayo Borralo va Drikus Dyu Plessi jarohat olgani sababli jang qila olmaydi. O'zi esa, agar zarurat tug'ilsa, yil oxiriga rejalashtirilgan SHon Striklend va Nassurdin Imavov o'rtasidagi chempionlik jangida zaxira varianti bo'lishga tayyor.

"Men hammaga chaqiriq tashlayapman, tezroq qaytishni xohlayman. Avvalroq oktyabrda qaytishni istayotganimni aytgandim. Xanterga qo'ng'iroq qildim – menga Kayo va Dyu Plessi jarohat olganini aytishdi. Ko'ramiz, nima bo'lar ekan, aniq bilmayman. Balki Imavov va Striklend jang qilmas, nimadir yuz berar – men istalgan raqib bilan chiqishga tayyorman", — dedi CHimaev Red Corner MMA"ga bergan intervyusida.

Malumot uchun, Striklend va Imavov o'rtasidagi chempionlik jangi hali rasman elon qilinmagan, ammo taxminlarga ko'ra, u 12 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 335 turnirining markaziy jangi bo'ladi. Bu turnir tashkilotning joriy yildagi so'nggi raqamli musobaqasi hisoblanadi.



Manba: olamsport.com

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ