logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 09:53
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

"Aston Villa" APL antirekordini takrorladi

 6 SENTYABR, 2026, 14:16

Angliya Premer-ligasining 3-turidan o'rin olgan "Xall Siti" va "Aston Villa" o'rtasidagi 5 sentyabr kungi o'yin 0:0 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Raqiblar bir-birlarining darvozasini ishg'ol qila olishmadi va ochkolarni bo'lishib olishdi.

Unai Emeri jamoasining yangi APL mavsumi startidagi golsiz va g'alabasiz seriyasi davom etmoqda: birmingemliklar jamg'arilgan 1 ochko bilan turnir jadvalida kamtarona 17-o'rinni egallab turishibdi.

SHu bilan birga, "Aston Villa" ketma-ket ikki mavsum davomida chempionatning dastlabki uchta o'yinida gol ura olmagan Angliya oliy divizioni tarixidagi ikkinchi jamoaga aylanib, tarixiy antirekordni takrorladi. Avvalroq bunday salbiy ko'rsatkich faqat "Ipsvich Taun"da 1969/70 va 1970/71 yilgi mavsumlarda qayd etilgan edi, deb xabar beradi Squawka.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ