Saudiya Arabistoni Pro ligasi. "Al Ittihod" "Al Nassr"ni mag'lub etdi
6 SENTYABR, 2026, 07:32
Saudiya Arabistoni Pro ligasi 5-tur doirasidagi "Al Ittihod" - "Al Nassr" o'yini bo'lib o'tdi.“Al Ittihod” hujumchisi Jorj Ilenixena 4 va 22-daqiqalarda gol urdi. Anjelo 36-daqiqada hisobni qisqartirdi. Ammo, darvozalarga boshqa to'p kiritilmadi.
“Al Nassr” Saudiya Arabistoni chempionatida 5 ta o'yindan so'ng 12 ochko, “Al Ittihod” esa 11 ochko jamg'ardi.
Manba: olamsport.com
