Humoyun To'xtamurodovga qarshi jang qilishi kutilgan Fazliddin Madrahimov Toshkentda to'liq jang o'tkazdi
5 SENTYABR, 2026, 22:48
Tojikistonlik aralash yakka kurash ustasi Fazliddin Madrahimov poytaxtimiz mezbonligidagi Octagon 91 turnirida ishtirok etdi.28 yashar Fazliddin turnir doirasida qozog'istonlik Dmitriy Mixailidi bilan to'qnash keldi.
3 raundlik jang to'liq davom etdi. Yakunda Madrahimov hakamlarning yakdil qaroriga ko'ra jangda zafar quchdi.
Bu orqali u faoliyatidagi o'n sakkizinchi g'alabasini nishonladi. Aslida, tojikistonlik atlet ushbu turnirda hamyurtimiz Humoyun To'xtamurodov bilan jang qilishi kutilgandi.
Manba: olamsport.com
