Shomurodov "Bashakshehir"ning eng yuqori baholangan futbolchisi bo'ldi
5 SENTYABR, 2026, 12:00
Turkiya Superligasining 4-turidan o'rin olgan "Bashakshehir" — "Galatasaroy" uchrashuvida Eldor Shomurodov mezbonlar safidagi eng yuqori bahoga ega bo'ldi.
2:3 hisobida yakunlangan bahsni O'zbekiston milliy jamoasi a'zolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda boshladi.
66-daqiqada o'zbekistonlik futbolchilar ishtirokida gol yuzaga keldi. Fayzullaev raqib jarima maydonida penalti ishlab berdi, Shomurodov esa 11 metrlik zarbani aniq amalga oshirdi.
Sofascore uchrashuv yakunlariga ko'ra, Eldorning harakatlarini 7,4 ball bilan baholadi. Bu "Bashakshehir" futbolchilari orasidagi eng yuqori ko'rsatkich bo'ldi.
Fayzullaev esa o'yindagi harakatlari uchun 6,9 ball oldi.

Manba: stadion.uz
