logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Sneyder: "Real" "Inter"dan nufuzliroq klub"

 5 SENTYABR, 2026, 12:00

Niderlandiyalik sobiq futbolchi Uesli Sneyder hamyurti Denzel Dyumfrisning "Inter"dan "Real"ga o'tishi haqida fikr bildirdi.

"Agar seni "Real" chaqirsa, borish kerak. Bu mutlaqo boshqa darajadagi klub. Dyumfris endi Milandagidan ham yaxshiroq o'ynashi kerak. "Real" "Inter"ga qaraganda nufuzliroq klub.

"Qaymoqranglilar"ga juda katta bosim bo'ladi, ammo Denzelda u erda o'ynab ketish uchun barcha kerakli sifatlar bor. U "Inter"da yuqori darajaga chiqdi", — dedi Sneyder.

Dyumfris madridliklar safiga 20 million evro evaziga o'tdi. 30 yoshli futbolchi "Real" bilan 2030 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ