logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Peti: "Kvaratsxeliya Gruziya bilan jahon chempioni bo'la olmasligi uning aybi emas"

 5 SENTYABR, 2026, 11:34

"Arsenal"ning sobiq futbolchisi Emmanuel Peti "PSJ" va Gruziya terma jamoasi hujumkor yarim himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliyaning bu yilgi "Oltin to'p" uchun imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

"Agar jahon chempionatini sovrin egasini aniqlashda asosiy mezon deb hisoblasak, bu Xvicha kabi futbolchilarga nisbatan adolatsiz munosabat bo'ladi.

Kvaratsxeliya Gruziya terma jamoasi bilan hech qachon jahon chempionligini qo'lga kirita olmasligi mumkin. U milliy jamoada hech narsa yutmagan futbolchilar ro'yxatiga kirib qolishi ehtimol, chunki atrofida bunga mos darajadagi sheriklar bo'lmasligi mumkin", — dedi Peti RMC Sport'ga.

O'tgan mavsumda Xvicha "PSJ" bilan Frantsiya chempioni bo'ldi va Chempionlar ligasida g'olib chiqdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ