logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska jurnalistning provokatsion savoliga ilinmadi

 5 SENTYABR, 2026, 11:00

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoa yangi futbolchisi Entso Fernandesning "Chelsi" haqidagi gaplariga munosabat bildirdi.

Avvalroq argentinalik yarim himoyachi nihoyat katta klubga kelib qo'shilganini aytgan edi.

"Menimcha, Entso "Chelsi"ni kichik klub demoqchi bo'lmagan. U katta jamoada o'ynagan, hozir esa biz bilan ekanidan xursand", — dedi Mareska.

Shundan so'ng jurnalist undan Fernandes "Manchester Siti"ni "Chelsi"dan kattaroq klub deb nazarda tutgan bo'lishi mumkinmi, deb so'radi.

"Menimcha, "Chelsi" ham katta klub, "Manchester Siti" ham", — deya javob berdi mutaxassis.

Fernandes hali "Manchester Siti" safida debyut qilmagan. U 5 sentyabr kuni APL 3-turida "Koventri"ga qarshi uchrashuvda ilk bor maydonga tushishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ