Figu: «Real» transfer bozorida juda yaxshi ishladi»
5 SENTYABR, 2026, 10:34
«Real» afsonasi Luish Figu Madrid klubining yozgi transfer kampaniyasini yuqori baholadi.
«Menimcha, «Real» transfer bozorida juda yaxshi ishladi. Klub aynan kuchaytirish zarur bo'lgan pozitsiyalarga futbolchilarni oldi: markaziy himoyachi, ikki nafar qanot himoyachisi va vinger Diomande.
Umuman olganda, transferlar juda yaxshi chiqdi. Klub birinchi navbatda mashhur ismlarga emas, balki jamoaning real ehtiyojlariga e'tibor qaratdi», — dedi Figu.
«Bu qadam jamoa yana o'ziga bo'lgan ishonchni his qilishi va muxlislar yangi mavsumni muvaffaqiyatga bo'lgan umid bilan boshlashi uchun zarur edi», — deya qo'shimcha qildi u.
Avvalroq Figu transfer bozoridagi ayrim kelishuvlarda juda katta mablag'lar aylanayotgani haqida ham fikr bildirgan edi.
Manba: stadion.uz
