logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska Entso Fernandesning «Manchester Siti»dagi pozitsiyasini tushuntirdi

 5 SENTYABR, 2026, 10:34

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning yangi futbolchisi Entso Fernandes qaysi pozitsiyalarda o'ynashi haqida fikr bildirdi.

Argentinalik yarim himoyachi «Chelsi»dan «Manchester Siti»ga 145 million evro evaziga o'tdi. Transfer yozgi transfer oynasi yopilishi arafasida amalga oshirildi.

«Entso tayanch yarim himoyachisi pozitsiyasida ham, jarima maydoniga faol qo'shilib turadigan «sakkizlik» rolida ham o'ynay oladi.

U men bilan «Chelsi»da ishlagan paytda hujumga ikkinchi tempda qo'shilib, ko'plab gollar urgan. Hammasi aniq vaziyat va vazifalarga bog'liq bo'ladi. Biz uni turli pozitsiyalarda ishlatishni rejalashtiryapmiz», — dedi Mareska.

«Manchester Siti» bugun Angliya Premer-ligasining 3-turida o'z maydonida «Koventri»ni qabul qiladi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ