Mareska Fodenni turli pozitsiyalarda ishlatishini aytdi
5 SENTYABR, 2026, 10:00
«Manchester Siti» bosh murabbiyi Entso Mareska yarim himoyachi Fil Fodenning o'yini haqida fikr bildirdi.
26 yoshli futbolchi joriy APL mavsumida «shaharliklar» safida o'tkazgan ikki uchrashuvida ikkita golli uzatma qayd etdi.
«Menimcha, Filning eng yaxshi pozitsiyasi — markazda. Dastlabki ikki uchrashuvda Dokuning jarohati sabab boshqa variantlarimiz bo'lmagani uchun u qanotda o'ynashiga to'g'ri keldi.
Fil o'zini yaxshi ko'rsatdi, ammo markazda u ancha qulay harakat qilishiga hech qanday shubha yo'q. Birinchi kundanoq undan mamnunman. U qanotda o'ynaganida ham juda yaxshi ishlayapti.
Biz undan turli pozitsiyalarda foydalanamiz. Foden — yaxshi futbolchi, yaxshi futbolchilar esa turli rollarda o'ynay oladi», — dedi Mareska.
«Manchester Siti» bugun Angliya Premer-ligasi doirasida o'z maydonida «Koventri»ga qarshi maydonga tushadi.
Manba: stadion.uz
