Musiala «Shalke»ga qarshi o'yin uchun «Bavariya» qaydnomasiga qaytadi
5 SENTYABR, 2026, 09:34
«Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala 5 sentyabr kuni «Shalke»ga qarshi o'tadigan Bundesliganing 2-tur uchrashuvida jamoa qaydnomasiga qaytadi.
Bu haqda Sky Sport xabar berdi.
Germaniyalik yarim himoyachi avvalroq Dortmundning «Borussiya» klubiga qarshi Germaniya Superkubogi bahsini (2:1), shuningdek, Bundesliganing 1-turida «Shtutgart»ga qarshi o'yinni (5:1) o'tkazib yuborgan edi.
Bundan avval 23 yoshli futbolchining mavsumoldi tayyorgarlik doirasidagi ketma-ket ikki uchrashuvda tobii qochgan va unga tibbiy yordam ko'rsatilib, maydondan almashtirilgan edi.
Musialaning o'zi keyinchalik unda nevrologik disfunktsiya sabab yuzaga keladigan qisqa muddatli, ammo davolash mumkin bo'lgan absans holatlari aniqlanganini ma'lum qilgan.
Manba: stadion.uz
