logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

US Open 2026. Kamilla Rahimova dunyoning 1-raketkasini qiynadi. Bu ularning o'zaro to'rtinchi to'qnashuvi edi

 5 SENTYABR, 2026, 09:16

Nyu-York shahrida "Katta Dubulg'a" turkumiga kiruvchi, umumiy mukofot jamg'armasi 108 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi US Open 2026 turniri davom etmoqda.

O'zbekistonning ikkinchi raketkasi Kamilla Rahimova 1/64 finalda turnirda 27-raqam ostida tasniflangan chexiyalik Barbora Kreychikovani 7/6(4), 6/2, 1/32 final bahsida ispaniyalik Oksana Selexmetevani 6/3, 6/0 hisobida mag'lubiyatga uchratgan edi. 

Vakilamiz 1/16 finalda dunyoning birinchi raketkasi, US Open 2026 turnirining amaldagi chempioni, belaruslik Arina Sobolenkoga qarshi kortga chiqdi. Roppa-rosa 90 daqiqa davom etgan bahsda mo'jiza ro'y bermadi, lekin Kamilla nomdor raqibasini kortda yaxshigina qiynab qo'ydi. Buni Sobolenkoning o'zi uchrashuvdan keyin o'tkazilgan matbuot anjumanida tan oldi. Arina murosasiz uchrashuvda 6/3, 6/4 hisobida g'alaba qozonib, nimchorak final ishtirokchisiga aylandi. 

Uchrashuv davomida Sobolenko 10, Rahimova 2 ta eys zarbasini amalga oshirdi. Qo'shxatolar Kamillada karrasiga ko'proq bo'ldi - 6 ga 1. Breyklar bo'yicha ham dunyoning birinchi raketkasi ustunlik qildi - 2 ga 0. Bu tennischilarning o'zaro o'tkazgan to'rtinchi uchrashuvi sifatida tarixga kirdi - 4:0. 

Taqqoslash uchun, Kamilla Rahimova ayni paytda WTA reytingida 92-o'rinni egallab turibdi. 



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ