logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:41
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Abdelkarimning otasi: «Xamzaning «Barselona»dagi debyuti biz uchun kutilmagan holat bo'lmadi»

 5 SENTYABR, 2026, 08:34

«Barselona» hujumchisi Hamza Abdulkarimning otasi Muhammad o'g'lining Kataloniya klubi asosiy jamoasidagi debyuti haqida fikr bildirdi.

O'tgan dushanba kuni misrlik futbolchi «Rayo Valekano»ga qarshi La Liga uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, «Barselona» safida ilk rasmiy o'yinini o'tkazgan edi. Bahs kataloniyaliklarning 5:2 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

«So'nggi vaqtlarda Hamza juda katta ish qildi va murabbiylar shtabi oldida o'zini ko'rsata oldi. Shuning uchun uning asosiy jamoada o'ynash imkoniyatiga ega bo'lishi biz uchun kutilmagan holat emasdi.

Xansi Flik — ajoyib murabbiy. Uning Hamzaga bildirgan ishonchi va bergan imkoniyati o'g'limning faoliyati uchun juda muhim. Umid qilamizki, bu yangi imkoniyatlarning boshlanishi bo'ladi», — dedi Abdelkarimning otasi.

U futbolchining xarakteri haqida ham gapirdi.

«Xamza juda xotirjam inson va o'zi haqida ko'p gapirishni yoqtirmaydi. U maydon va mashg'ulotlarga e'tibor qaratib, o'yini o'zi uchun gapirishini afzal ko'radi.

Men unga doim aytaman: birinchi jamoaga chiqish — orzuning oxiri emas, balki yanada ko'proq mehnat, diqqat va sabr talab qiladigan murakkab bosqichning boshlanishi.

Umid qilamanki, «Rayo Valekano»ga qarshi uchrashuv faqat boshlanishi bo'ladi. Xamza rivojlanishda davom etib, yangi imkoniyatlarga ega bo'ladi, «Barselona»da uzoq tarix yozadi va Misr nomini munosib tarzda tanitadi», — dedi u.

Abdelkarim bunga qadar vatanida «Al-Ahli» safida to'p tepgan. Uning transferi «Barselona»ga 1,5 million evroga tushgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ