Neymar yana jarohat oldi va bir necha haftaga safdan chiqdi
5 SENTYABR, 2026, 08:34
«Santos» hujumchisi Neymar yangi jarohat tufayli safdan chiqdi.
34 yoshli futbolchi Braziliya kubogi doirasida «Palmeyras»ga qarshi o'tkazilgan va 0:0 hisobida yakunlangan uchrashuvda tanaffusdan so'ng almashtirilgan edi.
Keyinchalik o'tkazilgan tibbiy tekshiruvlar yulduz futbolchida jarohat borligini ko'rsatdi. The Touchline ma'lumotiga ko'ra, Neymar bir necha hafta davomida maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.
«Palmeyras»ga qarshi uchrashuvdan so'ng Neymar «Santos» stadioni maydoni holatini keskin tanqid qilgan edi.
«Santos» esa ikki uchrashuv natijasiga ko'ra umumiy 0:3 hisobida mag'lub bo'lib, Braziliya kubogidan chiqib ketdi.
Manba: stadion.uz
