logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Luis Enrike: «Bu mag'lubiyatni tushuntirish qiyin»

 5 SENTYABR, 2026, 08:00

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Frantsiya chempionatining 3-turida «Monako»dan uchralgan 1:2 hisobidagi mag'lubiyatdan so'ng fikr bildirdi.

«Men ham muxlislarimiz kabi his qilyapman. Biz juda kuchli «Monako»ga qarshi o'yinni nazorat qilishga harakat qildik, ammo bahs boshida raqib pressingimizdan juda yaxshi chiqib ketdi.

Dastlabki daqiqalar biz uchun qiyin kechdi, ammo umuman olganda, menimcha, «PSJ» g'alabaga yaqqol loyiq edi. Hatto durang ham biz uchun omadsiz natija bo'lardi, ammo oxir-oqibat mag'lub bo'ldik. Buni tushuntirish qiyin, lekin futbol shunaqa. Buni qabul qilish kerak.

Afsuski, so'nggi uch yil ichida shunga o'xshash o'yinlar ham bo'ldi. Futbolchilarimdan mamnunman, ammo individual va jamoaviy jihatdan o'sishimiz kerak. Bu menga, ya'ni murabbiyga ham taalluqli, chunki hozir turnir jadvalida muammolarimiz bor.

Biz juda qiziqarli loyihaning bir qismi hisoblanamiz. Faoliyatimda ilk bor bir jamoada murabbiy sifatida to'rtinchi mavsumimni boshlayapman. Hozirgi motivatsiyam bu erga ilk kelgan kunlarimdagidan ham kuchliroq.

Men uchun prezident va klub rahbariyatining ishonchi juda muhim. Hali ham juda katta ishtiyoq bilan ishlayapman, o'zimni baxtli his qilyapman va Parijda yana uzoq yillar qolishga umid qilaman», — dedi Enrike klub matbuot xizmatiga.

Manba: stadion.uz

butsanet

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ