logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Argentinada Messidan terma jamoa bilan maydonda xayrlashishni kutishmoqda

 5 SENTYABR, 2026, 07:00

Argentinada Lionel Messi terma jamoada o'ynash borasidagi qarorini o'zgartirishidan ko'ra, hech bo'lmaganda muxlislar bilan maydonda munosib tarzda xayrlashishiga umid qilishmoqda.

Derbyderbyderby.it nashri TyC Sports ma'lumotiga tayanib xabar berishicha, dushanba kuni Argentina futbol federatsiyasi milliy jamoaning navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvlari taqvimini e'lon qiladi.

Hozircha raqiblar nomi ma'lum qilinmagan. Faqat ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi aytilmoqda.

Argentina tomoni Messidan ushbu bahslarning hech bo'lmaganda bittasida maydonga tushishga rozi bo'lishini kutmoqda. Shu tariqa, u terma jamoa va muxlislar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali emas, balki maydonda xayrlashishi mumkin.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ