logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:44
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Oser» Liga 1da so'nggi 40 yilning antirekordini takrorladi

 5 SENTYABR, 2026, 06:34

Juma kuni Frantsiya chempionatida ikkita uchrashuv bo'lib o'tdi. Ulardan birida «Oser» safarda «Lion»ga qarshi maydonga tushib, 1:3 hisobida mag'lub bo'ldi va Liga 1da so'nggi 40 yilning noxush ko'rsatkichini qayd etdi.

Gap shundaki, «Oser» Frantsiya chempionatining dastlabki uch turida 10 yoki undan ko'p gol o'tkazib yuborgan 1985 yildan keyingi ilk klub bo'ldi.

O'shanda bu holat Korsikaning «Bastiya» jamoasi bilan sodir bo'lgan edi. «Bastiya» dastlabki uch turda 12 ta gol o'tkazib yuborgan va mavsum yakunida turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallagan.

«Oser» esa hozirga qadar 11 ta gol o'tkazib yubordi.

Ayni paytda Burgundiya klubi ham Frantsiya Liga 1 turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ