«PSJ» 2007 yildan beri eng yomon startni boshdan kechirmoqda
5 SENTYABR, 2026, 04:34
Frantsiya futboli gegemoni hisoblangan «PSJ» Liga 1ning 3-turida «Monako»ga 1:2 hisobida mag'lub bo'ldi.
Shu tariqa, parijliklar dastlabki uch turdan keyin bor-yo'g'i 2 ochko to'pladi. Jamoa ikki marta durang o'ynadi va bir bor mag'lub bo'ldi.
Qatar sarmoyasi kirib kelgan 2011 yildan beri «PSJ» hech qachon mavsumni bunchalik omadsiz boshlamagan edi.
Parij klubi oxirgi marta shunga o'xshash natijani 2007 yilda qayd etgan. O'shanda ham dastlabki uch turdan keyin jamoa hisobiga atigi 2 ochko yozilgan edi.
O'sha mavsumni «PSJ» hozirgi mezonlar bo'yicha kutilmagan darajada past — 16-o'rinda yakunlagan. Parijliklar 38 ta o'yinda 43 ochko to'plagan edi.
Manba: stadion.uz
