Mourino: «Ulardan biri o'zini o'lganday tutdi»
5 SENTYABR, 2026, 04:34
«Real» bosh murabbiyi Joze Mourino La Liganing «Betis»ga qarshi o'yinida olgan sariq kartochkasi haqida fikr bildirdi.
«Qaymoqranglilar» portugaliyalik mutaxassis qaytganidan so'ng ilk bor mag'lub bo'ldi — 0:1. Uchrashuvning 55-daqiqasida Mourinoga sariq kartochka ko'rsatildi, 81-daqiqada esa mezbonlar o'yindagi yagona golni urdi.
«Nega menga sariq kartochka ko'rsatishdi? Men o'rnimdan sakrab turdim, chunki «Betis» futbolchisi o'zini o'lganday tutdi. Nima uchun sariq kartochka olganimni umuman tushunmadim», — dedi Mourino matbuot anjumanida.
94-daqiqada Kilian Mbappe madridliklarni mag'lubiyatdan qutqarib qolishi mumkin edi, ammo u penaltidan foydalana olmadi.
Manba: stadion.uz
