logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:43
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Bavariya» prezidenti pley-off g'oyasiga qarshi chiqdi

 5 SENTYABR, 2026, 03:34

«Bavariya» prezidenti Gerbert Xayner Bild nashriga bergan intervyusida «Shalke» rahbari Aksel Xeferning Bundesliga formatiga o'zgartish kiritish haqidagi taklifiga qo'shilmasligini bildirdi.

Avvalroq Xefer shunday degan edi: «Bu «Bavariya» uchun ham qiziq bo'lishi kerak. 13 yil ichida o'g'lim faqat bir marta ulardan boshqa jamoa chempion bo'lganini ko'rdi — bu zerikarli».

«Menimcha, siz pley-off tizimini joriy etishni nazarda tutyapsiz. Biz bu masalaga boshqacha qaraymiz. Germaniya chempioni 34 tur yakunida birinchi o'rinni egallagan jamoa bo'lishi kerak.

Eng yaxshi misol — o'tgan mavsumdagi basketbol. Muntazam chempionat yakunlariga ko'ra ishonchli tarzda birinchi o'rinni egallagandik, ammo keyin pley-offning hal qiluvchi o'yinida Berlinning «Alba» jamoasiga yutqazdik. Chunki jamoamiz mavsum davomida 83 ta o'yin o'tkazib, juda charchagan edi.

Meni noto'g'ri tushunmang: final seriyasida «Alba» kuchliroq edi va shu bois haqli ravishda g'alaba qozondi. Ammo eng adolatli tizim — Germaniya chempioni muntazam chempionat yakunida birinchi o'rinni egallagan jamoa bo'lishi.

Ligani zerikarli deb bo'lmaydi. Ikki yil avval «Bayer» chempionlikni qo'lga kiritdi, evrokubok yo'llanmalari va ligada qolish uchun kurash esa har doim juda keskin kechadi.

Janob Xefer, «Shalke» ham bu mavsum barcha o'yinlarini to'la tribunalar qarshisida o'tkazadi. Shuning uchun bu nuqtai nazardan Bundesligani zerikarli deb bo'lmaydi.

Ha, bu masalada fikrlarimiz chindan ham farq qiladi: men har yili chempion bo'lishni xohlayman», — dedi Xayner.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ