Emiliano Martines «Chelsi»da o'yin raqamini almashtirdi
5 SENTYABR, 2026, 02:34
«Chelsi» darvozaboni Emiliano Martines London klubidagi o'yin raqamini almashtirdi.
Argentinalik golkiper endi «ko'klar» safida 1-raqamda harakat qiladi. Martines «Aston Villa»dan «Chelsi»ga o'tganidan so'ng dastlab 26-raqamni olgan edi.
30 avgust kuni darvozabon London klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
33 yoshli golkiper Argentina terma jamoasi safida 2022 yilgi jahon chempioni hisoblanadi. Shuningdek, u milliy jamoa bilan 2021 va 2024 yillarda ikki bor Amerika kubogini qo'lga kiritgan.
Manba: stadion.uz
