Kamoliddin Tojiev: "Chempionlik uchun imkonimiz bor ekan, kurashishni to'xtatmaymiz"
5 SENTYABR, 2026, 02:34
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev Superliganing 20-turida "Andijon" ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g'alabadan keyin matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Mutaxassisning ta'kidlashicha, jamoasi uchrashuvni yuqori sur'atda boshlab, bahs davomida ustunlikni o'z qo'lida ushlab turgan.
"Bugun bellashuv boshidanoq juda yaxshi o'yin namoyish qilib, to'liq ustunlikka erishdik. Avvalgi uchrashuvlarda bizga vaziyatlardan foydalanish etishmagandi. Ushbu bahsda esa yaratilgan imkoniyatlarni golga aylantira oldik.
Doim kamchiliklar ustida ishlashda davom etamiz. Futbolchilarga har doimgidek borlarini berishgani uchun rahmat aytaman. Chempionlik uchun imkonimiz bor ekan, kurashishni to'xtatmaymiz", — dedi Tojiev.
"Paxtakor" ustozi jamoa hujumchisi Ayman Hussaynning harakatlariga ham alohida to'xtaldi.
"Ayman jamoaga kirishib ketishga intilmoqda. U gol urishga harakat qildi. Ikkinchi bo'limda raqib darvozabonining qizil kartochka olishiga ham aynan u sababchi bo'ldi", — dedi murabbiy.
Manba: stadion.uz
