logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:42
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Dibalaning holati haqida ma'lumot yangilandi

 5 SENTYABR, 2026, 02:00

«Roma» hujumchisi Paulo Dibala va himoyachi Evan Ndika «Atalanta»ga qarshi o'yin oldidan jamoaviy mashg'ulotda to'liq ishtirok etdi, deya xabar bermoqda Football Italia.

Bu futbolchilarning shanba kuni Rimda o'tadigan uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushishi uchun jismoniy holati etarli ekanini anglatadi.

Dibala mashg'ulotlarda mushaklari yuklamaga qanday munosabat bildirishini tekshirib ko'rishi kerak edi.

Sky Sport Italia ma'lum qilishicha, argentinalik futbolchi mashg'ulotni muammosiz to'liq o'tkazgan. Ndika esa o'tgan hafta «Lechche»ga qarshi bahs oldidan mushaklaridagi muammo sabab tarkibdan chiqarilgan edi.

Himoyachi to'liq tiklangan va uning asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ