"Manchester Siti"da avgust oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
5 SENTYABR, 2026, 01:00
"Manchester Siti" avgust oyining eng yaxshi futbolchisini e'lon qildi. Muxlislar ovoz berish yakunlariga ko'ra, bu nomga Rayan Sherki sazovor bo'ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
23 yoshli markaziy yarim himoyachi ovoz berishda Mark Gexi va Yoshko Gvardiolni ortda qoldirdi.
Sherki yangi mavsumni juda muvaffaqiyatli boshladi. U "Bornmut"ga qarshi uchrashuvda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan bo'lsa, "Kristal Pelas" bilan bahsda dubl qayd etdi.
"Manchester Siti" Angliya chempionatining dastlabki ikki turida ham g'alaba qozondi va turnir jadvalida birinchi o'rinda bormoqda.
3-turda Entso Mareska shogirdlari o'z maydonida "Koventri"ga qarshi o'ynaydi.
Manba: stadion.uz
