De Dzerbi: "Risharlisonni APL qaydnomasiga kiritmaslik mening qarorim emas"
5 SENTYABR, 2026, 00:34
"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi Risharlisonni Angliya Premer-ligasi uchun jamoa qaydnomasiga kiritmaslik qarori unga tegishli emasligini aytdi.
Avvalroq 29 yoshli hujumchi "Tottenxem"ning APLda ishtirok etishi mumkin bo'lgan futbolchilari ro'yxatiga kiritilmagani ma'lum bo'lgan edi. Shuningdek, braziliyalik futbolchi "Trabzonspor" bilan muzokara olib borayotgani xabar qilingan.
"Bu mening qarorim emas.
Menimcha, bu tabiiy qaror. Risharlisonning o'zi shunday qaror qabul qildi. U mavsumoldi tayyorgarlik boshida men bilan gaplashib, ketishni xohlayotganini aniq aytdi.
Endi biz boshqa hujumchini jalb qilamiz. Mavsumoldi tayyorgarlik boshida aytganimdek, men faqat jamoada qolishni chin dildan istaydigan futbolchilarni saqlab qolmoqchiman. Qolgan masalalar mening ishim emas, bu klubning mas'uliyati.
Men hech narsa deya olmayman, chunki bu qarorni men qabul qilmadim. Risharlisonning mavsum boshidan bergan signali juda aniq edi. Men buni qabul qildim va boshqa qo'shimcha gapim yo'q", — dedi De Dzerbi.
Risharlison o'tgan mavsum APLda 32 ta uchrashuvda maydonga tushib, 11 ta gol urgan va "Tottenxem"ning eng yaxshi to'purari bo'lgan.
Manba: stadion.uz
