O'zbekistonlik ayol mutaxassis FIFA Jahon chempionatida faoliyat olib boradi
5 SENTYABR, 2026, 00:34
O'zbekistonlik futbol mutaxassisi Aziza Tatlimuratova FIFA miqyosidagi nufuzli musobaqada faoliyat olib boradi.
Ayni paytda Osiyo futbol konfederatsiyasida ishlayotgan hamyurtimiz Marokashda o'tkaziladigan 17 yoshgacha bo'lgan qizlar o'rtasidagi FIFA Jahon chempionati final bosqichida match direktori vazifasini bajaradi.
Shu tariqa, o'zbekistonlik ayol mutaxassis yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati tashkiliy jarayonlarida bevosita ishtirok etadi.
Manba: stadion.uz
