De Bryuyne Entso Fernandes haqida: "U hali mening darajamga yaqin ham emas"
4 SENTYABR, 2026, 23:00
"Manchester Siti" afsonasi Kevin de Bryoyne Entso Fernandesni o'zining vorisi sifatida ko'rishga hali erta, deb hisoblaydi.
Argentinalik futbolchi "Siti"ga Britaniya futboli uchun rekord summa evaziga o'tdi. Biroq de Bryoyne uni hozircha o'zi bilan taqqoslash to'g'ri emasligini aytdi.
"Manchester Siti" muxlislari Fernandesni mening vorisim deb atayaptimi? Rostini aytsam, bu biroz oshirib yuborish. Entso yaxshi futbolchi. Unda klass va salohiyat bor, juda muhim yarim himoyachiga aylanishi mumkin.
Ammo ochig'ini aytsam, u hali men "Manchester Siti"da o'ynagan darajaga yaqin ham emas", — deya de Bryoyne so'zlarini Goal keltirdi.
Belgiyalik sobiq futbolchi Fernandes uchun to'langan katta summa uning atrofida ortiqcha kutilmalarni paydo qilayotganini ham ta'kidladi.
"Ba'zida odamlar uni transfer narxi va Argentina terma jamoasi bilan erishgan yutuqlari sabab ortiqcha baholayotgandek tuyuladi.
125 million funt to'langani seni avtomatik ravishda jahon darajasidagi yarim himoyachiga aylantirmaydi. U hali ko'p narsani isbotlashi kerak.
Agar u mening vorisim bo'lishni istasa, buni maydondagi o'yini bilan ko'rsatishi lozim. Mening 17-raqamimni tanlash — bir masala, Kevin de Bryoyneni almashtirish esa butunlay boshqa masala", — dedi u.
Fernandes avvalroq 17-raqamni tanlashi de Bryoyne bilan bog'liq emasligini aytgan edi. U Argentina terma jamoasida ham ilk bor aynan shu raqamda o'ynagan.
Manba: stadion.uz
