«Torino» futbolchisi ijara asosida Turkiyaga yo'l oladi
4 SENTYABR, 2026, 21:00
«Torino» Tino Anjorinning «Gyoztepe»ga ijara asosida o'tishi bo'yicha kelishuvga erishdi, deya xabar bermoqda Football Italia.
24 yoshli angliyalik yarimhimoyachi Turkiya klubida bir mavsum ijarada o'ynaydi va mavsum yakunida uni taxminan 6 million evro evaziga sotib olish imkoniyati mavjud bo'ladi.
Anjorin «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo'lib, 2024 yilda «Empoli»ga o'tgan va o'tgan yozda 4,5 million evro evaziga «Torino» safiga qo'shilgan edi.
Shu bilan birga, «Torino»ning yana bir yarimhimoyachisi Gvidas Gineytisni «Seltik»ka sotish bo'yicha muzokaralar transfer oynasi yopilguniga qadar yakunlanmadi.
«Seltik» litvalik futbolchini qishki transfer oynasida yana o'z safiga qo'shib olishga urinib ko'rishi kutilmoqda.
Manba: stadion.uz
