Sarri «Roma»ni e'tirof etdi
4 SENTYABR, 2026, 21:00
«Atalanta» bosh murabbiyi Mauritsio Sarri «Roma»ga qarshi o'yin oldidan raqib hujumchisi Donell Malenni alohida qayd etdi.
Sarrining ta'kidlashicha, niderlandiyalik futbolchi «Roma»ga qo'shilganidan so'ng darhol yaxshi taassurot qoldirgan va hozir juda yuqori formada.
«Malen hozir ajoyib holatda, shuning uchun uni to'xtatish juda muhim», — dedi italiyalik mutaxassis.
Sarri «Atalanta» qisqa vaqt ichida to'rtta uchrashuv o'tkazganini va jamoada tayyorgarlik uchun vaqt juda kam bo'lganini ham ta'kidladi.
Shuningdek, u «Roma»ni ham chempionlik uchun kurasha oladigan jamoa deb hisoblashini ta'kidlab, bo'lajak uchrashuv qiyin bo'lishini, ammo «Atalanta» o'z o'yinini namoyish etishga harakat qilishini aytdi.
Manba: stadion.uz
