Solari: "Messi men uchun eng muhim futbolchi"
4 SENTYABR, 2026, 20:34
«Spartak» vingeri Pablo Solari «Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganiga munosabat bildirdi.
«Messining Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagani haqida nimadir deyish men uchun qiyin.
U mening kumirim. Bolaligimdan uning ham terma jamoadagi, ham klubdagi o'yinlarini kuzatib kelganman.
Messi men uchun eng muhim futbolchi va uning milliy terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan juda afsusdaman. Ammo vaqt o'tib boradi va bu muqarrar. Unga katta rahmat», — dedi Solari.
Manba: stadion.uz
