logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:28
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Mareska: "Siti" futbolchilari Fernandes bizga o'tadimi, deb so'rashardi"

 4 SENTYABR, 2026, 19:00

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Entso Mareska jamoaning yangi futbolchisi Entso Fernandes "Koventri"ga qarshi uchrashuvda maydonga tushishga tayyorligini ma'lum qildi.

Argentinalik yarim himoyachi yozgi transfer oynasining so'nggi kunida "Chelsi"dan "Manchester Siti"ga o'tdi. Transfer qiymati 125 mln funtni tashkil etdi.

"Entso tayyor. Avval ham aytganimdek, u — g'olib. Jamoaga g'oliblik mentalitetiga ega yana bir futbolchi qo'shilsa, bundan hamma xursand bo'ladi.

So'nggi to'rt-besh kun davomida bir nechta futbolchimiz mendan uning bizga o'tish-o'tmasligini doim so'rab turdi. Ular Entsoni jamoamizda ko'rishni istashdi. Uning endi biz bilan ekani juda muhim va bundan 100 foiz xursandmiz", — dedi Mareska.

Endi Fernandes "Koventri"ga qarshi bahsda "Manchester Siti" safidagi ilk o'yinini o'tkazish imkoniyatiga ega.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ