Ukraina va Polsha Jahon chempionatini birgalikda o'tkazishni rejalashtirmoqda
4 SENTYABR, 2026, 18:00
Ukraina va Polsha futbol bo'yicha Jahon chempionatini birgalikda o'tkazish uchun qo'shma ariza berishi mumkin.
Bu haqda Politico Ukraina yoshlar va sport vaziri Matvey Bidniyga tayanib xabar berdi. Uning aytishicha, Jahon chempionati mezbonligi uchun da'vogarlik qilish imkoniyati eng yaqin 2040 yilda paydo bo'ladi. Shu sabab tayyorgarlik ishlarini hozirdan boshlash zarur.
Bidniy misol sifatida Ukraina va Polsha tomonidan Evro-2012 musobaqasining muvaffaqiyatli tashkil etilganini keltirdi.
Xabarda aytilishicha, Polsha tomoni ham bunday imkoniyatni muhokama qilmoqda. Biroq hozircha rasmiy ariza shakllantirilmagan.
O'tgan yozda Jahon chempionati AQSh, Meksika va Kanadada bo'lib o'tgan edi. Turnirda Ispaniya terma jamoasi chempionlikni qo'lga kiritdi.
Manba: stadion.uz
