logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 12:27
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Lamin "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma bo'yicha kelishdi

 4 SENTYABR, 2026, 17:00

"Monako" markaziy yarim himoyachisi Lamin Kamara faoliyatini "Liverpul"da davom ettirishi mumkin.

indykaila News ma'lumotiga ko'ra, "Chelsi" bilan amalga oshmay qolgan transferdan so'ng Kamara "Liverpul" bilan 5 yillik shartnoma shartlarini kelishib olgan.

Manbaning ta'kidlashicha, mersisaydliklar 22 yoshli futbolchini yanvar oyida sotib olishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda klublar bitimning so'nggi tafsilotlarini kelishib olmoqda.

Kamara joriy mavsumda barcha musobaqalar doirasida 4 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, senegallik yarim himoyachining bozor qiymati 40 million evroni tashkil etadi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ