O'zbekiston U-20 hal qiluvchi tur oldidan guruhda birinchi o'rinda
4 SENTYABR, 2026, 16:34
O'zbekiston U-20 terma jamoasi 2027 yilgi Osiyo kubogi saralash bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Yurtimiz mezbonlik qilayotgan "B" guruhida ikki turdan so'ng Jamoliddin Rahmatullaev shogirdlari maksimal 6 ochko bilan yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Vakillarimiz birinchi turda Bangladeshni 2:0 hisobida mag'lub etgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda Hindiston darvozasiga javobsiz to'rtta to'p kiritdi — 4:0. Shu tariqa, O'zbekiston ikki o'yinda 6 ta gol urib, hozircha o'z darvozasidan to'p o'tkazib yuborgani yo'q.
Ikki turdan keyin Suriya va Hindiston 3 tadan ochko jamg'argan. Bangladesh esa hali ochko olgani yo'q. Suriyaning to'plar nisbati 3:1, Hindistonniki 1:4, Bangladeshniki esa 0:5 ko'rinishida.
Endi O'zbekiston U-20 saralashning so'nggi turida Suriyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 6 sentyabr kuni soat 19:00 da "Do'stlik" stadionida o'tkaziladi. Vakillarimizga ushbu bahsda g'alaba yoki durang guruhda birinchi o'rinni va Osiyo kubogi final bosqichi yo'llanmasini kafolatlaydi.

Manba: stadion.uz

