logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:35
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

RAF Qozog'istondagi turnirini rasman elon qildi. Ro'yxatda O'zbekiston ham bor!

 4 SENTYABR, 2026, 14:32

Amerikaning professional kurash ligasi - Real American Freestyle (RAF) o'z geografiyasini kengaytirmoqda va yangi bozorlarga chiqishni rejalashtirmoqda.

RAF Moscow turniri oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida Liga Qozog'iston, O'zbekiston, Tojikiston, Hindiston, Xitoy kabi bir qator mamlakatlarda turnirlar o'tkazilishini rasman elon qildi. 

Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, ushbu hamkorlik dunyoning eng yaxshi kurashchilariga musobaqalar uchun global platforma taqdim etish, muxlislarga esa jahon yulduzlari ishtirokidagi unutilmas shoularni taqdim etishni maqsad qilgan.

Real American Freestyle (RAF) ligasida Qozog'iston sharafini erkin kurash bo'yicha jahon chempioni Rizabek Aytmuxan, shuningdek, mashhur MMA jangchilari Asu Almabaev va Quat Xamitov himoya qilmoqda. Liga turnirlarida UFC yulduzlari, jumladan, chempion Merab Dvalishvili, sobiq chempion Xamzat CHimaev, rossiyalik jangchi Arman Carukyan va boshqa taniqli sportchilar ishtirok etishadi.

O'zbekistonda esa shu kungacha erkin kurashchilarimiz - Parij-2024 Olimpiadasi chempioni Razambek Jamalov hamda Tokio-2020 Olimpiya o'yinlari sovrindori Bekzod Abdurahmonov RAF turnirida ishtirok etgan.   

AQSHdan tashqarida RAF bugungi kunga qadar Tbilisi (Gruziya) shahrida yirik turnirlar o'tkazdi, shuningdek, Moskvada (Rossiya) ham keng ko'lamli shou o'tkazishni rejalashtirgan.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ