logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:32
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Maxachevning jamoasi chempionlik kamarini yil oxirigacha himoya qilish shartini malum qildi

 4 SENTYABR, 2026, 12:16

Joriy yil oxirigacha oktagonga qaytish Islam Maxachev uchun real variant hisoblanadi, biroq UFC`ning amaldagi yarim o'rta vazn chempioni jang tashkil etilishi haqida oldindan ogohlantirilishi kerak.

Bu haqda rossiyalik jangchining murabbiyi Xaver Mendes "Weighing In" podkastining navbatdagi sonida malum qildi.

"O'ylaymanki, u potencial jihatdan dekabr oyidayoq tayyor bo'lishi mumkin. "Potencial" deyapman, chunki hozir uning xayolida nimalar borligini aniq bilmayman. Lekin bir narsani aniq bilaman: Islam hech qaysi raqibdan bosh tortmaydi. Yagona savol – ular uning qachon jang qilishini xohlashadi. Hammasi shunda.

Sana muhim va uning tayyorgarlik ko'rish uchun etarli vaqti bo'ladimi, chunki u har doim ikki oylik mashg'ulotlar lagerini o'tkazishni xohlaydi. U olti yoki etti haftalik tayyorgarlikka rozi bo'lmaydi. Islamga to'liq ikki oylik lager kerak", – dedi amerikalik mutaxassis.

O'tgan oyda Islam Maxachev Filadelfiyada bo'lib o'tgan UFC 330 turnirida irlandiyalik Yen Machado Gerrini hakamlarning yakdil qarori bilan mag'lub etib, chempionlik kamarini muvaffaqiyatli himoya qilgandi. Uning navbatdagi raqibi katta ehtimol bilan braziliyalik Karlos Prates bo'ladi.

Tashkilotning joriy yildagi yakuniy raqamli turniri 12 dekabr kuni Las-Vegasda bo'lib o'tadigan UFC 335 musobaqasi bo'ladi. Mavjud malumotlarga ko'ra, uning markaziy jangi o'rta vazn toifasida SHon Striklend va Nassurdin Imavov o'rtasidagi chempionlik jangi bo'lishi mumkin.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ