logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:04
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Saragosa: «Barsa»ga gol ursam, yanada yaxshi»

 4 SENTYABR, 2026, 10:34

«Espanol» Ispaniyalik vinger Brian Saragosani «Bavariya»dan ijaraga oldi.

Saragosani «Barselona» uchun noqulay raqiblardan biri deb atash mumkin. U avvalroq «Osasuna» safida kataloniyaliklar darvozasiga uchta gol urgan.

«Barselona»ga yana gol urish imkoniyati haqida gapirar ekan, Saragosa shunday dedi:

«Barcha jamoalarga qarshi ko'plab gollar urishni istayman. Agar «Barsa»ga gol ursam, yanada yaxshi».

«Espanol»ga o'tishi haqida esa futbolchi quyidagicha fikr bildirdi:

«Men aynan bo'lishni istagan joyimdaman. Bu erda ajoyib yil o'tkazish va yaxshi ishlar qilishni intiqlik bilan kutyapman.

Men uchun oson bo'lmagan. 21 yoshda edim va bungacha hech qachon uydan uzoqda yashamagandim. Qiyin bo'ldi, ammo bu davr menga juda ko'p narsa o'rgatdi. «Bavariya» va «Roma»dagi vaqtimdan ko'p saboq oldim. O'ylashimcha, bu tajribalar meni yaxshiroq insonga aylantirdi».

Saragosa «Sevilya»ga qarshi o'yinda ishtirok etish imkoniyati haqida ham gapirdi:

«Mavsumoldi tayyorgarlik men uchun oson kechmadi. O'tgan mavsumdan qolgan tizzamda yallig'lanish bor edi. Ammo bir oydan beri mashg'ulot o'tkazyapman va o'ylashimcha, yakshanba kuniga tayyor bo'laman».

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ