logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 13:02
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Javohir Sindarov million dollar mukofot puliga ega turnirda qatnashadi

 4 SENTYABR, 2026, 09:16

O'zbekistonlik grossmeyster Hindistonda bo'lib o'tadigan nufuzli franchayzing musobaqasi - Tech Mahindra Global Chess League (GCL)da ishtirok etadi.

Turnir 5-13 sentyabr kunlari Hindistonda bo'lib o'tadi. Hamyurtimiz mazkur mavsumda American Gambits jamoasi sharafini himoya qiladi. Javohir jamoasining birinchi —  Icon taxtasida dona suradi.

Tech Mahindra Global Chess League turnirining umumiy mukofot jamg'armasi 1 000 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Javohirning jamoasida qozog'istonlik shaxmat malikasi Bibisara Asaubaeva ham bor. Ularning yo'llari Samarqanddan oldin Hindistonda ham tutashyapti.



Manba: olamsport.com

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ