«Barselona» Martinesni Qatar klubiga sotdi
4 SENTYABR, 2026, 09:00
Rojer Martines «Barsa Atletik»ni tark etib, Qatar ikkinchi divizionida ishtirok etuvchi «Al-Marxiya» klubiga o'tdi.
Transfer kelishuviga futbolchining keyingi sotuvidan «Barselona»ga ma'lum foiz to'lanishini nazarda tutuvchi band ham kiritilgan. Shu bilan 22 yoshli futbolchining kataloniyaliklar klubidagi ikkinchi davri yakunlandi.
O'tgan mavsumda Martinesning rivojlanishiga jiddiy jarohat xalaqit berdi. U o'ng tizzasining tashqi meniskini jiddiy shikastlab olgan edi.
Shunga qaramay, klub rahbariyati uning tiklanish jarayonidagi munosabati va professional yondashuvidan mamnun bo'lgan.
Martines muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lish, moliyaviy jihatdan manfaatli shartlarga erishish va avvalgi formasini tiklash imkoniyati sabab Qatar klubi taklifini qabul qildi.
Manba: stadion.uz
