logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 11:24
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«PSJ» — «Monako» o'yini uchun «Park de Prens»ga Irlandiyadan yangi chim olib kelindi

 4 SENTYABR, 2026, 09:00

Le Parisien xabariga ko'ra, «Pari Sen-Jermen»ning «Monako»ga qarshi mavsumdagi ilk uy uchrashuvi uchun «Park de Prens» stadioniga Irlandiyadan yangi chim keltirildi.

Bilyard stoliday tekis maydon klubning qat'iy texnik talablariga javob berish maqsadida yotqizildi. Bu qaror avgust oyi o'rtalarida maydon holati bilan bog'liq keskin bahs-munozaralardan keyin qabul qilingan.

Klub mutasaddilari chempionatdagi ilk uy o'yini oldidan maydonni tiklash ishlarini tezlashtirib, futbolchilar uchun eng qulay sharoit yaratishga harakat qildi.

Endi «PSJ» va «Monako» futbolchilari Evropadagi eng sifatli maydonlardan biri deb baholanayotgan yangi chimda to'p suradi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ