logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

«Manchester Siti» Xolandga o'rinbosar tanladi

 4 SENTYABR, 2026, 08:54

«Manchester Siti» tarkibida hozir faqat bir nafar sof markaziy hujumchi — Erling Xoland qolgan. Yozda «shaharliklar» Omar Marmush bilan xayrlashdi, misrlik futbolchi «Tottenxem»ga o'tdi.

The Touchline ma'lumotiga ko'ra, joriy mavsumda Xolandning asosiy o'rinbosari Antuan Semeno bo'ladi. Erlingga dam berish zarurati tug'ilganda, Entso Mareska ganalik futbolchini hujum markazida maydonga tushirishi kutilmoqda.

Semeno ko'proq qanotlarda harakat qiladi, ammo markaziy hujumchi sifatida o'ynash tajribasiga ham ega.

26 yoshli sobiq «Bornmut» futbolchisi yanvar oyida «Manchester Siti»ga kelganidan buyon 30 ta o'yinda 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ