Laport yozda «Barselona»ga o'tmoqchi bo'lgan
4 SENTYABR, 2026, 08:42
Bilbaoning «Atletik» klubi markaziy himoyachisi Emerik Laport o'tgan yozda «Barselona»ga o'tishni istagan.
Kataloniyaliklar 32 yoshli futbolchining nomzodini jiddiy ko'rib chiqqan. Laportning o'zi ham «Barselona»ga qo'shilish g'oyasini ma'qullagan, biroq «Atletik» futbolchi bilan xayrlashishni istamagani sabab transfer amalga oshmagan.
Transfermarkt portali Laportning bozor qiymatini 8 mln evroga baholamoqda. Tajribali markaziy himoyachining bask klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Yakshanba kuni «Barselona» safarda «Valensiya»ga qarshi maydonga tushadi. Bir kun avval esa «Atletik» o'z maydonida Madridning «Atletiko» klubini qabul qiladi.
