logotip
Привет, Гость!
Сейчас: 10:47
Вход Регистрация
РЕКОМЕНДУЕМ
Спортивные новости (new)
Новостная лента

Arauxo APL va La Ligani solishtirdi

 4 SENTYABR, 2026, 08:34

«Barselona»dan «Liverpul»ga ijara asosida o'tgan himoyachi Ronald Arauxo Angliya Premer-ligasi va Ispaniya La Ligasi o'rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi.

Urugvaylik futbolchi o'tgan yozda «qizillar» safiga qo'shilgan bo'lib, uning ijara shartnomasi mavsum yakuniga qadar amal qiladi.

«La Ligani kamsitish kerak emas. Ispaniya chempionatida taktika va texnik mahorat birinchi o'rinda turadi. Ammo Premer-liga sof jismoniy kuch va tezlik nuqtai nazaridan yuqoriroq darajada.

Men chin dildan ishonamanki, Angliyada o'zini ko'rsata olgan va shu muhitga moslashgan himoyachi La Ligaga qaytgach, bemalol ustunlik qila oladi. «Liverpul»da har bir daqiqa — kurash. Men «Enfild»dagi o'rnim uchun oxirigacha kurashishga tayyorman», — deya Arauxoning so'zlarini Foot Mercato keltirmoqda.

27 yoshli futbolchi Angliya Premer-ligasida hozirga qadar ikki uchrashuvda maydonga tushdi. Har ikki bahsda ham u zaxiradan o'yinga qo'shilgan.

Manba: stadion.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR
ЗАБАВНЫЕ ФАКТЫ И ЦИТАТЫ