«Barselona»ga «Nyukasl»ning yana bir yulduzini sotib olish taklif qilingan
4 SENTYABR, 2026, 08:00
Yozgi transfer oynasida 24 yoshli Nik Voltemadeni «Barselona»ga taklif qilishgan. Bu haqda Mundo Deportivo xabar berdi.
Nashr qayd etishicha, Voltemade o'zining texnikasi, boshi bilan yaxshi o'ynashi va darvozasiga orqa o'girgan holda harakat qila olishi bilan kataloniyaliklarni qiziqtirishi mumkin edi. Biroq o'sha paytga kelib «ko'k-anorranglilar» Gabriel Jezus bo'yicha muzokara olib borayotgan edi va yana bir qimmat transfer ularga kerak emas, degan qarorga kelishdi.
Shunga qaramay, «Barselona» kelajakda Voltemade nomzodiga yana qaytishi ehtimoldan xoli emas. Bu mavsumda hujumchi «Yuventus»da ijara asosida o'ynaydi.
Manba: stadion.uz
